Uy-joylarni ajratish bilan bogʻliq masalalar tanqidiy koʻrib chiqildi
Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisi avvalida 19-yalpi majlisda koʻtarilgan masalalar yuzasidan oʻrganish natijalari eʼlon qilindi.
Bu borada Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Shuhrat Choʻlliyev batafsil axborot berdi.
Uy-joylarni ajratish, ularga huquqiy maqom berishga oid hujjatlar, shu jumladan, arxiv hujjatlari, yer va soliq qonunchiligini tahlil qilish uchun maxsus ishchi guruh tuzilib, masala joyiga chiqqan holda oʻrganilgan.
Sobiq Ittifoq davrida tegishli davlat idoralari tomonidan oʻz xodimlari istiqomat qilish uchun oʻrta hisobda 400 – 600 kvadrat metr maydonida joylashgan uy-joy kottejlari ajratilgan. 1991-yildan keyin ushbu uylar xususiylashtirilib, ular uy egalariga berilgan.
Lekin, fuqarolarga ajratib berilgan va uy-joylarga oid yigʻma jildlarda belgilangan yer maydonlarining xususiylashtirish hujjatlariga asosan fuqarolarga berilgan egalik huquqini beruvchi davlat dalolatnomasi (order)da faqat qurilmalar egallagan qismi aks ettirilgan.
Egalik huquqini beruvchi davlat dalolatnomasi (order)da fuqarolarga tegishli deb, faqat 91 kvadrat metr, 83,8 kvadrat metr, 46 kvadrat metr va hokazo etib belgilangan. Uy-joy sathidan tashqari yer maydoni masalasi ochiq qolgan.
Ishchi guruh ushbu masalani Senat Kengashi muhokamasiga kiritishni taklif qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring