UFC rahbari Habib Nurmagomedovni yana sportga qaytishi haqida gapirdi

23:16 17 Dekabr 2020 Sport
1385 0

UFC rahbari Deyna Uayt Habib Nurmagomedovning yana sportga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi. Bu haqda “BT Sport” yozmoqda.

Nurmagomedovning hisobida 29 gʻalaba bor. Tashkilot rahbarining aytishicha, sportchi oʻttiz jangda gʻalaba qozonishni istaydi. Bu uning otasi Abdlumannap Nurmagomedovning xohishi edi.

Maʼlumki, Abdlumannap Nurmagomedov 2020-yil yozida koronavirus infeksiyasi asoratlar tufayli vafot etdi.

Kelasi oy uchrashamiz va gaplashamiz. U endi jang qilishni xohlamasligi mumkin. Men bu savolga aniq javobni bilmayman. Lekin uni koʻndirishga umid qilaman", dedi Uayt.

Habib Nurmagomedov 2020-yilning 24-oktyabr kuni AQSHlik Jastin Geydji qarshi oʻtkazib, gʻalabaga erishgandi va sportni tark etganini maʼlum qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?