UYEFA Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi futbol oʻyinlariga taqiq joriy etdi

09:37 21 Oktyabr 2020 Sport
786 0

Ushbu taqiq ham klublar, ham terma jamoalarga taalluqlidir, deyiladi Yevropa futbol assotsiatsiyalari uyushmasi bayonotida. Bunga Togʻli Qorabogʻdagi mojaro sabab qilib koʻrsatilgan.

Cheklov choralari qancha muddatgacha amal qilishi haqida xabar berilmagan. Ammo hammasi hududdagi vaziyat rivojlanishiga bogʻliq ekanligi maʼlum qilingan.

Bundan buyon Ozarbayjon va Armaniston terma jamoalari hamda klublari uy oʻyinlarini neytral maydonlarda oʻtkazishlari kerak boʻladi. 

Ammo mazkur qaror kelgusi yilning iyun-iyul oylarida boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Yevropa chempionatiga taʼsir oʻtkazmasligi taʼkidlangan. Maʼlumot uchun, mazkur birinchilik mezbonlaridan biri Boku shahri etib belgilangan edi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?