Uchtepa tumanida tadbirkorning 460,8 mln soʻmlik mulkini oʻzlashtirgan menejer aniqlandi

12:48 16 Iyul 2022 Hujjatlar
1815 0

Illustrativ foto

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “D.B.” MCHJ sobiq menejeri S.S. korxonaning turli markadagi beton maxsulotlarini naqd pulga sotib, sotuvdan tushgan 460,8 mln soʻmni oʻz ehtiyojlari uchun sarflab talon-toroj qilganligi va ushbu mablagʻlar hisobidan “Spark” rusumli avtotransport vositasini sotib olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?