Uchkoʻprikda tadbirkorlarning biznes forumi oʻtkazildi

15:14 12 Dekabr 2024 Jamiyat
151 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyatining bir necha shahar-tumanlarida azaldan qirgʻiz qardoshlarimiz mahalliy aholi va boshqa millat vakillari bilan oʻzaro ahil-inoqlikda umrguzaronlik qilib kelmoqda.

Keyingi yillarda ikki qardosh xalq oʻrtasidagi, ayniqsa, chegara oldi hududlarida doʻstona munosabatlar yaxshilanib, tadbirkorlik, investitsiya, madaniyat, sanʼat kabi barcha yoʻnalishlarda hamkorlik koʻlami tobora rivojlanib borayotir. Ayni jarayonda xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, eksport hajmini oshirish, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish singari muhim masalalar boʻyicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

— Davlatimiz rahbarining joriy yil avgust oyida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida berilgan topshiriqlari ijrosi doirasida Uchkoʻprik tumanida “Oʻzbek — qirgʻiz chegara oldi hududlari biznes forumi” oʻtkazildi, — deydi Fargʻona viloyati savdo-sanoat palatasi boshqarmasi boshligʻi Azimjon Yuldoshev. — Ikki kun davom etgan biznes forumda qirgʻizistonlik qardoshlar uchun “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasida ishlab chiqarish va eksport bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari, “Mehrigiyo” korxonasi va “Boboshbek” savdo kompleksining faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi.

Oʻz navbatida, tadbir doirasida Fargʻona viloyati va Qirgʻiziston korxonalarining mahsulotlari koʻrgazmasi ham tashkil etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?