Uch nafar hamyurtimiz harbiy bokschilar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻoliblikka erishdi
Toʻrt nafar bokschimiz Rossiya poytaxti Moskva shahrida harbiy bokschilar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatining final bellashuvlarida ishtirok etdi.
Jumladan, xotin-qizlar oʻrtasida -75 kg. vazn toifasida Mavluda Mavlonova finalda Belarus vakilasi Viktoriya Kebikovaga qarshi jang qilib, katta ustunlik evaziga gʻalaba qozondi va musobqaning oltin medali bilan taqdirlandi.
-60 kg vazn tofiasida Shunqor Abdurasulov esa finalda rossiyalik Konstantin Opolskiyga qarshi bahs olib borib, muvaffaqiyatga erishdi. U ham musobqaning oltin medali bilan taqdirlandi.
- 64 kg vazn toifasida bokschimiz Mujibillo Tursunov afsuski finalda belaruslik Dmitriy Asanovga imkoniyatni boy berib qoʻydi.
+91 kg vaznli bokschimiz Lazizbek Mullojonov finalda rossiyalik Svetoslav Teteringa qarshi ringga koʻtarildi va gʻalaba qozondi.
Musobaqada Aziza Yoqubova (-51 kg.), Rayhona Qodirova (-60 kg.) va Navbahor Hamidova (-69 kg.) oʻz vazn toifasida bronza medallarni qoʻlga kiritdi.
Shu tariqa jahonning 36 mamlakatidan 292 nafar bokschi ishtirok etgan dunyo birinchiligida oʻzbekistonlik charm qoʻlqop ustalari 7 ta medalni qoʻlga kiritishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring