Uch milliondan ortiq bola majburiy mehnat qilishga majbur boʻlmoqda — Xalqaro ekspertlar
Foto: Reuters
Urushlar, qashshoqlik va iqlim ofatlari sharoitida majburiy mehnat tuzogʻiga tushgan bolalar soni yildan yilga oʻsishda davom etmoqda.
Xalqaro tashkilotlar maʼlumotlariga koʻra, ayni paytda dunyo boʻylab 3,3 milliondan ortiq bola muntazam xavfli va ogʻir sharoitlarda – shaxtalarda, konlarda, fabrikalarda va shaxsiy uylarda ishlashga majbur boʻlmoqda.
Bu borada Bangladesh, Suriya va Kongo Demokratik Respublikasi kabi davlatlarda vaziyat xavotirga solmoqda. Majburiy mehnat tizimi tuzogʻida qolgan bolalarning yarmi jinsiy ekspluatatsiya, odam savdosi qurboniga aylanmoqda. Ayniqsa, ota-onasiz qochqin bolalar, nogiron bolalar va mehribonlik uylaridagi bolalar xavf ostida.
BMT maʼlumotlariga koʻra, 2005-yildan 2022-yilgacha 105 mingdan ortiq bola qurolli guruhlarga majburan jalb qilingan. Ulardan askarlar, sapyorlar yoki tirik qalqon sifatida foydalanilgan.
“Qizlar koʻpincha turmushga chiqishga majburlanadi yoki jinsiy zoʻravonlikka duchor boʻladi”, — deydi ekspertlar.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining ogohlantirishicha, daromadi past boʻlgan mamlakatlarda odam savdosidan jabr koʻrayotgan har ikkinchi odam bolalar boʻlmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring