Uch kishini Angliyaga ishlashga yuborish uchun 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi

08:42 19 Noyabr 2024 Jamiyat
295 0

Foto: Prokratura departamenti

Toshkent shahri Uchtepa tumanida Angliya davlatiga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura departamenti DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazgan. Unda fuqaro S.U. 3 kishini tanishlari yordamida Angliyaga ishga yuborish va viza olib berishni vaʼda qilgani aniqlangan.

U xizmati evaziga 12 000 dollar olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер