Uch hududda kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish holatlari aniqlandi
Andijon, Navoiy hamda Qashqadaryo viloyatlariida kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, departamentning Buloqboshi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “B.t.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar parrandachilik faoliyatini tashkil etishda uskunalar sotib olish uchun tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablagʻlarining 5,2 mlrd soʻmini, “Z.t.” MCHJ masʼul shaxslari esa tikuv dastgohlari sotib olish uchun ajratilgan 950 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Departamentning Karmana tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “K.C.H.” oilaviy korxonasi rahbari X.Ya. mineral oʻgʻit va yoqilgʻi moylash mahsulotlari xarid qilish uchun hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 425 mln soʻm kredit mablagʻlarini boshqa maqsadlarda sarflab, oʻzlashtirganligi aniqlangan.
Shu kabi departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “I.C.H.” xususiy korxonasi rahbari X.K. 11 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun ajratilgan imtiyozli kredit mablagʻi evaziga taʼminotchi korxona sifatida mahsulotlarni yetkazib bermasdan 348,2 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring