Uch hududda ijaraga olingan yerlarni sotishga uringan shaxslar ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti
Xorazm, Andijon va Navoiy viloyatlarida nur maydonlarini sotish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro Q.X. elektron auksion savdolari natijasi boʻyicha oʻzining nomiga dehqon xoʻjaligi yuritish uchun ijara shartnomasi asosida ajratilgan Urganch tumani, “Qoʻngʻirot” mahallasi hududidagi 10 sotix yer maydonini fuqaro H.S.ning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga 30 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Xonobod shahar boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan yana bir tezkor tadbirda esa fuqaro F.X. fuqaro M.T.ning ishonchiga kirib, fuqaro S.T.ga dehqon xoʻjaligi tashkil etish uchun ajratilgan 20 sotix yer maydonini goʻyoki oʻziga tegishli ekanligini aytib, ushbu yer maydonida bino-inshootlar qurishga ruxsat beruvchi hujjatlarini tayyorlab, uning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga 10 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Gʻozgʻon shahar boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.K. “Oq oltin” MFY hududidagi oʻzboshimchalik bilan egallab olingan 13 sotix boʻsh yer maydonini fuqaro M.J.ga sotishga kelishib, 6 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring