U mamlakatimiz tarixidagi eng yomon prezident boʻlib qoladi – Donald Tramp Jo Baydenning prezidentlik poygasidan chiqishiga munosabat bildirdi
Foto: oonwoe
AQSHning 45-prezidenti Donald Tramp prezident Jo Baydenning 2024-yilgi prezidentlik poygasidan chiqish haqidagi qaroriga oʻz munosabatini bildiridi. Tramp Baydenni qattiq tanqid qilib, “Bayden mamlakatimiz tarixidagi eng yomon prezident sifatida qoladi” deb yozdi. Bu haqda “Newsweek” nashri CNNʻga tayanib xabar berdi.
Tramp oʻzining “Truth Social” sahifasida ham oʻz qarashlarini davom ettirib, Baydenni prezidentlikka nomzod boʻlishga ham yaramasligini bildirgan. Uning fikricha, demokratlar vakilining prezidentlik davri turli muammolarda oʻtdi.
“Prezidentlik mavqeiga faqat yolgʻon, soxta xabarlar orqali erishgan va yertoʻlasidan chiqmagan”, deb yozgan respublikachilar vakili. Demokratik partiya saylovga sanoqli bir necha oy qolganda yangi nomzod topish muammosi bilan yuzlanib turibdi. Vitse-prezident Kamala Xarris hozircha asosiy nomzod, ammo uni qoʻllovchilar kamchilikni tashkil etishi mumkin.
Tramp boshchiligidagi respublikachilar buni amaldagi maʼmuriyatni tanqid qilish imkoniyati sifatida koʻrmoqda. Trampning nomzod hamkori J.D.Vens ham “Jo Bayden hayotimdagi eng yomon prezident boʻldi” deya izoh berib, Kamala Xarrisni ham amaldagi rahbarning ishlarida teng aybdor ekanligini bildirgan.
Avvalroq, Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqishini maʼlum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring