Tyananmen maydonida tantanali harbiy paraddan fotoreportaj
Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Tadbirda yigirmadan ortiq davlat rahbarlari va vakillari, jumladan, Oʻzbekiston, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moʻgʻuliston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron, Vyetnam, Misr va boshqa davlatlar yetakchilari ishtirok etdi.
XXR Raisi Si Szinpin oʻz nutqida bugungi sharoitda tarixiy xotirani asrab-avaylash, tinchlikni saqlash va adolatni taʼminlash muhimligini taʼkidladi.
Paradda Xitoy xalq ozodlik armiyasining 45 ta boʻlinmasi ishtirok etdi. Xitoy mudofaa sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan raketa tizimlari, tanklar, aviatsiya texnikasi va uchuvchisiz uchish apparatlarining eng soʻnggi namunalari namoyish etildi.
Bunday paradlar 1949-yildan buyon Pekinda oʻtkazib kelinadi, qurolli kuchlarning soʻnggi katta koʻrigi esa 2019-yil 1-oktyabrda boʻlib oʻtgan va unda 15 mingga yaqin ishtirokchi qatnashgan.






























Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring