Tuya poygasidan kibersportgacha: Islom birdamligi oʻyinlari boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi

Foto: AI
Joriy yilning 8-noyabr sanasida Saudiya Arabistonining Riyod shahrida VI Islom Birdamligi Oʻyinlari start oladi. Ushbu yirik musobaqada dunyoning 57 mamlakatdan keladigan eng kuchli sportchilar 23 ta sport turi boʻyicha bellashadi.
Bu yilgi musobaqalarda parasportchilar ham 2 ta yoʻnalishda oʻzaro kuch sinashishi belgilangan. Bu safar dasturga, shuningdek, ilk marotaba tuya poygasi va kibersport (e-Sport) ham kiritilgan.
Sport turlari:
- qoʻl toʻpi (gandbol);
- basketbol 3x3;
- suzish;
- qilichbozlik;
- yengil atletika;
- muaytay;
- taekvondo;
- voleybol;
- tuya poygasi (ilk marotaba);
- stol tennisi;
- karate;
- kurash;
- futzal;
- ogʻir atletika;
- dzyudo;
- duatlon;
- ot sporti;
- boks;
- ushu;
- kibersport (ilk marotaba);
- jiu-jitsu.
Para sport turlari:
- para ogʻir atletika;
- para yengil atletika.
Musobaqalar va madaniy tadbirlar Riyod shahridagi bir qator sport inshootlarida boʻlib oʻtadi. Har bir joy sportchilar va tomoshabinlar uchun yuqori darajadagi qulaylik taqdim etishi maqsad qilingan.
- “Princess Nourah University” – Sportchilar shaharchasi;
- “Boulevard City”;
- “Prince Faisal bin Fahd Olympic Complex”;
- “Al Janadriyah”;
- “Prince Faisal bin Fahd Stadium” (Al Malaz).
Maʼlumot uchun, Islom Birdamligi Oʻyinlari jahon miqyosida ahamiyatli tadbir sifatida tan olinadi va Olimpiya oʻyinlari hamda Osiyo oʻyinlaridan keyin uchinchi eng yirik sport musobaqasi hisoblanadi. 2005-yilda Islom Birdamligi Oʻyinlarining ilk musobaqasi aynan Saudiya Arabistonida oʻtkazilgan.
Mazkur musobaqada Turkiya – 237 ta oltin medal (jami 643 ta medal) bilan umumiy reytingda birinchi oʻrinda bormoqda. Keyingi pogʻonalar esa quyidagi ketma-ketlikda:
- Eron – 118 ta oltin, jami 321 ta medal;
- Ozarbayjon – 114 ta oltin, jami 298 ta medal;
- Oʻzbekiston – 66 ta oltin bilan;
- Indoneziya – 56 ta oltin;
- Misr – 46 ta oltin, jami 146 ta medal;
- Marokash – 40 ta oltin, jami 146 ta medal;
- Qozogʻiston – 42 ta oltin;
- Saudiya Arabistoni – 37 ta oltin, jami 111 ta medal;
- Malayziya – 33 ta oltin, jami 97 ta medal.
Jami medallar soni boʻyicha 66 ta oltin medal bilan reytingning 4-oʻrinini egallab turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi sportchilariga yaqinlashib kelayotgan musobaqada ham omad tilaymiz!
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring