“Turon yoʻlbarslari” harbiy sport musobaqalari oʻtkaziladi
Farmonga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan Agentlik tizimidagi maktablarda oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning yangi tizimini joriy qilish maqsadida darsdan tashqari mashgʻulotlar sifatida quyidagi mashgʻulotlar tashkil etiladi:
5–8-sinflarda Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk sarkardalarimizning ibratli hayotini bugungi harbiylarimiz jasorati bilan bogʻlab, Vatan himoyachisi koʻnikmalarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan;
9–11-sinflarda harbiy oʻyinlar va sport musobaqalarini oʻtkazish, oʻquvchilarning harbiylar bilan bevosita uchrashuvlarini tashkil etish orqali harbiy-vatanparvarlik tuygʻularini oshirish va harbiy xizmatga tayyorgarlik bosqichini oʻtashga yoʻnaltirilgan.
Har yili oʻquvchilar oʻrtasida “Turon yoʻlbarslari” harbiy sport (“Temur tuzuklari” bilimdoni, kamondan oʻq otish, qurolni toʻliq boʻlmagan qismlarga ajratish va yigʻish, sport qurolidan oʻq otish, birinchi tibbiy yordamni koʻrsatish) musobaqalari oʻtkaziladi.
Milliy anʼana va qadriyatlarni aks ettiradigan namunaviy maktab burchaklari tashkil etiladi.
Oʻquvchilarda axloqiy, ijtimoiy-hissiy va estetik didni rivojlantirish, tarixiy siymolar hayotini badiiy talqinda aks ettirish, milliy qadriyatlarni ulugʻlashga yoʻnaltirilgan “Turon” teatr studiyasi faoliyati tajriba-sinov tariqasida yoʻlga qoʻyiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring