“Turkmenenergo” davlat elektr energetika korporatsiyasining Oʻzbekistonga eksport amaliyoti toʻliq hajmda tiklandi
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Axborot xizmati avvalroq bugun 2020-yil 21-fevral kuni soat 6:45da Turkmaniston energetika tizimiga tegishli “Mari issiqlik stansiyasi” va “Serdar” podstansiyalari oraligʻidagi 500 kVli L-511 havo tarmogʻi favqulotda oʻchishi oqibatida Turkmanistondan yetkazib berilayotgan elektr energiyasi 780 MVtdan 60 MVtgacha kamaygani haqida xabar bergan edi. Bu, oʻz navbatida, Oʻzbekiston energetika tizimida 600 MVt quvvat darajasida cheklovlar kiritilishiga sabab boʻlgandi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, soat 16:20 da Turkmanistonning “Mari issiqlik stansiyasi” va “Serdar” podstansiyalari oraligʻidagi 500 kVli L-511 havo tarmogʻida sodir boʻlgan nosozlik turkmanistonlik energetiklar tomonidan bartaraf etilib, Oʻzbekistonga elektr energiyasi importi toʻliq hajmda tiklandi. Ayni paytda elektr taʼminotidan vaqtincha uzilgan isteʼmolchilarni tarmoqqa qayta ulash ishlari amalga oshirilmoqda.
Turli nosozliklar tufayli elektr taʼminotida roʻy berishi mumkin boʻlgan qisqa muddatli uzilishlar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutasaddi xodimlari tomonidan bartaraf etilib (qisqa raqami: 1154), mavjud yoqilgʻi zaxirasiga muvofiq elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayoni “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, “Oʻzbekgidroenergiya” AJ stansiyalari ham toʻliq quvvatda faoliyat yuritmoqda.
Maʼlumot oʻrnida: “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati 2019-yilning 1-dekabr sanasidan buyon “Turkmenenergo” davlat elektr energetika korporatsiyasidan elektr energiyasi importi amaliyotini amalga oshirib kelyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- AQSH moliya vaziri kompyuteriga xakerlar hujum qildi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring