Turkmanistonliklarning mamlakatimizga tashrif buyurishi 2,5 barobarga oʻsdi
2025-yilning yanvar-mart oylarida Turkmanistondan Oʻzbekistonga sayohat qilgan fuqarolar soni keskin oshgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi berdi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ushbu uch oylik davrda 77,9 ming nafar turkmanistonlik turist Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu koʻrsatkich 2024-yilning shu davri bilan solishtirilganda 46,9 ming nafarga koʻp boʻlib, 2,5 barobar oʻsish qayd etilgan.
Tashrif buyurganlarning aksariyati – 54 ming 215 nafari sayyohlik maqsadida kelgan boʻlsa, 16 ming 142 nafari xizmat safarida boʻlgan.
Shuningdek, 5 ming 27 nafar fuqaro qarindoshlarini yoʻqlash uchun, 1 ming 848 nafari oʻqish, 556 nafari tijorat, 106 nafari esa davolanish maqsadida Oʻzbekistonga kelgan.
Ushbu maʼlumotlar Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi yaqin qoʻshnichilik aloqalarining turizm sohasi orqali ham izchil rivojlanib borayotganini koʻrsatadi. Tashrif maqsadlarining xilma-xilligi esa ikki mamlakat oʻrtasidagi madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy aloqalarning yanada mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring