Turkiyalik fuqaro murojaati sababli “Uzbekistan Airways”ga chora koʻrildi
Raqobat qoʻmitasi Anqara-Toshkent reysi bilan uchgan Turkiya fuqarosi hamda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi oʻrtasida kelib chiqqan mojaro yuzasidan qaror qabul qildi.
Unga koʻra, Turkiya fuqarosi Qoʻmitaga murojaat qilib, aviakompaniyaning Anqara-Toshkent reysida yoʻlovchining sogʻligi uchun muhim boʻlgan maxsus (glyutinsiz) ovqat yetkazib bermaganligini bildirgan. Yoʻlovchi chipta sotib olish chogʻida oʻz sogʻligʻi bilan bogʻliq vaziyatni oldindan aviakompaniya bilan kelishib olgan va aviakompaniya ushbu maxsus ovqat reysda taʼminlanishini kafolatlagan boʻlgan. Biroq, parvoz kuni bu talab bajarilmagan.
Bundan tashqari, murojaatda samolyot salonining sanitariya-gigiyena holati talabga javob bermagani, yoʻlovchi oʻtirgan joyda oldingi reysdan qolgan chiqindilar mavjudligi ham koʻrsatib oʻtilgan.
Qoʻmita tomonidan “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasiga yuborilgan soʻrov boʻyicha oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi natijasida yoʻlovchi haq ekanligi, maxsus ovqatni Anqara aeroportidagi keytering xizmati tomonidan yetkazib berilmaganligi tasdiqlandi.
Natijada, yoʻlovchiga yetkazilgan maʼnaviy va moddiy zararni qoplash maqsadida aviakompaniya tomonidan isteʼmolchining keyingi reysida xizmat koʻrsatish klassini biznes-klassga oshirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi va manfaati himoya qilinishi taʼminlandi.
Shu bilan birga, samolyot salonidagi sanitariya-gigiyena holati boʻyicha ham masʼul tashkilotga qoʻshimcha nazorat choralari oʻrnatilishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring