Turkiyadan import boʻlgan 126 ming 156 dona shaftoli koʻchati nega yoqib yuborildi?
Foto: Xalq so‘zi
Samarqand viloyati Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tomonidan boshqa mamlakatlardan oʻsimliklarning karantinli va oʻta xavfli zararkunandalari, kasalliklari hamda begona oʻtlar kirib kelishining oldini olish, hudud fitosanitar tozaligini taʼminlash chora-tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda. Chunki birgina zararli organizmning urugʻ yoki koʻchat orqali mamlakatga kirib kelishi butun qishloq xoʻjaligini izdan chiqarish mumkin.

Yaqinda ana shunday karantin nazoratlaridan biri Samarqand tashqi iqtisodiy faoliyat maskanida xizmat vazifasini oʻtayotgan inspektorlar tomonidan Samarqand viloyatiga Turkiya davlatidan import qilingan 126 ming 156 dona shaftoli koʻchatlarida oʻtkazildi. Nazorat davomida ushbu import mahsulotlaridan tegishli tartibda namuna olinib, Markaziy fitosanitariya laboratoriyasiga joʻnatildi. Olingan ekspertiza xulosasiga koʻra, Turkiya davlatidan import boʻlgan shaftoli koʻchatlari “Olxoʻri chechagi virusi”- Plum Pox virus (PPV) va «Yashil empoaska» - Empoasca decipiens (tirik) karantin obyektlari bilan zararlangani aniqlandi.
Ushbu karantin osti mahsulotlari Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda viloyat boshqarmasi, viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda bojxona masʼullaridan iborat ishchi guruhi tomonidan yoqib yuborildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring