Turkiyadagi oʻzbekistonliklar ogohlikka chaqirildi
Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ushbu davlatda boʻlib turgan fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali Istanbulda ayrim xorijiy davlatlar nomi ostidagi oʻzbek bolalariga moʻljallangan maktablar reklamasi tarqalmoqda. Bu maktablarda xorijiy tillar, robototexnika, diniy bilimlar, informatika va jismoniy tarbiya mashgʻulotlari oʻrgatilishi eʼlon qilingan.
“Ushbu oʻquv yurtlaridagi diniy darslar Ahli sunna aqidasi asosida ekani taʼkidlanishiga qaramay, ayrim oʻqituvchilardagi moʻtadil islomga zid eʼtiqodiy qarashlarning taʼlim oluvchilarga singdirilishi kelgusida jamiyatimizda aqidaviy ziddiyatlarni yuzaga keltirishi mumkin”, deyiladi Bosh konsulxona xabarida.
Shundan kelib chiqqan holda ota-onalardan voyaga yetmagan farzandlarini turli maktablarda mutaassib qarashlar singdirilishidan ehtiyot qilishlari soʻraldi.
- Bundan avval Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyaga ketayotgan oʻzbekistonliklarga ogohlantirish bilan chiqqandi.
- Unda Rossiya boʻylab xavfsizlik choralarining kuchaytirilgani munosabati bilan ushbu davlatga borayotgan, mamlakat hududida boʻlib turgan yoki mamlakatdan chiqib ketayotgan fuqarolardan xavfsizlik choralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanish soʻralgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring