Turkiyada sayyohlarni olib ketayotgan avtobus YTH uchradi. Qurbonlar bor
Foto: IHA
Turkiyaning Mugʻla viloyatida sayyohlarni olib ketayotgan avtobus yoʻl transport hodisasi (YTH)ga uchradi. Bu haqda IHA agentligi xabar bermoqda.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, fojia oqibatida ikki kishi halok boʻlgan, yana 28 nafar odam tan jarohati olgan. Ulardan toʻrt nafarining ahvoli ogʻirligi aytilmoqda.
«Mahalliy aholini bir kunlik sayohatga olib ketayotgan avtobusning Akyaka shahrida tormoz ishlamay qolgan va toʻxtab turgan uchta mashinaga borib urilgan. Keyin yana harakatlanishni davo ettirgan avtobus binoning devoriga urilib toʻxtagan», deyiladi xabarda.
Zarba natijasida bir necha yoʻlovchi avtobusdan uloqib ketgan. Yana bir necha nafari esa transport vositasi ichida qamalib qolgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring