Turkiyada oʻzbekistonlik qiz oʻz onasini koʻchada qoldirdi
Oʻz qizi tomonidan qiyin ahvolda qoldirilgan ayol va uning oʻgʻli Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqda Istanbul Bosh konsulxona axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh konsulxonaga 45 yoshli fuqaro I.G. murojaat qilib, oʻzi va voyaga yetmagan farzandi Istanbulda qiyin ahvolda qolgani sababli Oʻzbekistonga qaytishda yordam berishni soʻradi.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning avgust oyida yurtdoshimiz 19 yoshli qizi A.B.ni madrasada diniy taʼlim olish uchun Istanbulga yuborgan. Oradan biroz vaqt oʻtgach esa ishlab pul topish va farzandiga gʻamxoʻrlik qilish maqsadida oʻzi ham 12 yoshli oʻgʻli bilan qizining oldiga Istanbulga kelgan.
Biroq, Istanbulga kelgach, qizi madrasada oʻqimayotganligini, qolaversa begona bir erkak bilan “sharʼiy” nikohdan oʻtish niyatida ekanligini bilgan.
Farzandiga nasihat bergan ona qizining qarshiligiga uchragan hamda oʻz farzandi tomonidan koʻchaga chiqarib yuborilgan va shu tariqa fuqaro I.G. 12 yoshli oʻgʻli bilan koʻchada qolgan.
“Qiyin sharoitda qolgan ona-bola Bosh konsulxona va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Istanbul shahridagi vakili, «Oʻzbek ayollari huquqlarini himoya qilish” jamiyati koʻmagida va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Andijon viloyati vakilligi homiyligi yordamida bugun Oʻzbekistonga yuborilmoqda.
Shu oʻrinda, yurtdoshlarimizning voyaga yetmagan farzandlarini xorijiy davlatlarda nazoratsiz qoldirish, shuningdek xorijda xususiy diniy taʼlim muassasalariga oʻqishga yuborishning salbiy oqibatlaridan yana bir bor ogohlantiramiz.
Fuqarolarimizning yurtimizga qaytishi uchun koʻrsatgan begʻaraz yordamlari uchun Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Andijon viloyat vakilligiga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring