Turkiyada fohishalikka majburlangan ikki oʻzbekistonlik qiz qutqarildi

Turkiyada fohishalikka majburlangan 19 yoshli ikki oʻzbekistonlik qiz qutqarildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Turkiya Respublikasi huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda tadbir oʻtkazilgan. Natijada bir necha fuqarolarning “odam savdosi” qurboni boʻlishining oldi olingan.
Dastlabki surishtiruvlarga koʻra, Olmaliq shahrida yashovchi ikki ayolga hozirda Turkiyada istiqomat qilayotgan “Shahnoza” ismli tanishi qizlarini ushbu davlatga yuborishini, ularni oʻzi kutib olishini va yaxshi daromad topishlariga yordam berishini vaʼda qilgan. U qizlarni “yuz massaji” yoʻnalishida ish borligi bilan ishontirgan, biroq qizlardan shahvoniy maqsadda foydalanishni koʻzlagan va ularning Oʻzbekistondan Turkiyaga borish uchun aviachipta va boshqa moddiy xarajatlarni qoplab bergan.
19 yoshli ikki qiz joriy yilning 6-fevral kuni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiyaning Anqara shahriga, soʻng Konya viloyatiga yetib borgan. Ularni kutib olgan uch nafar shaxs (Turkiya va Oʻzbekiston fuqarolari) shu zahotiyoq qizlarning pasportlarini olib qoʻygan.
Shundan soʻng, ularni intim xizmatlar koʻrsatuvchi xonadonga olib borib, erkaklarga intim xizmat koʻrsatishga majburlagan. Qizlardan biri bunga rozi boʻlmagani uchun kaltaklangan va unga ruhiy hamda jismoniy tazyiq oʻtkazilgan. Ularni yopiq sharoitda saqlab, takroriy qarshilik koʻrsatishsa, oʻldirish bilan tahdid qilishgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan 12-fevral kuni olingan maʼlumotga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Turkiya Respublikasi huquq tartibot organlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida 2005-yilda tugʻilgan ikki qizni Vatanga qaytarilishiga erishilgan. Qizlar zudlik bilan reabilitatsiya markaziga joylashtirilgan.
Shuningdek, qizlarni aldab chaqirtirgan va ularni shahvoniy ishlarga jalb qilgan shaxslar Turkiyada hibsga olingan. Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston fuqarosi, 1987-yilda tugʻilgan (Sh.J.) ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda ushbu shaxsni Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilish choralari koʻrilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring