Turkiyada F-16 harbiy samolyoti halokatga uchradi
Turkiyada F-16 harbiy samolyoti halokatga uchrashi oqibatida uchuvchi halok boʻldi. Bu haqda Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi maʼlum qildi.
Turkiya Ichki ishlar vazirligining yozma bayonotiga koʻra, Balikesir hududida sodir boʻlgan aviahalokatda 9-asosiy reaktiv aviatsiya bazasidan parvoz qilgan F-16 samolyoti bilan 25-fevral kuni tungi soat 00:56 da radioaloqa uzilgani qayd etilgan. Zudlik bilan boshlangan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida uchoq halokatga uchragani aniqlangan.
Rasmiy maʼlumotga koʻra, fojiali hodisada uchuvchi halok boʻlgan. Halokat sababi maxsus komissiya tomonidan oʻtkaziladigan texnik tekshiruvlardan soʻng aniqlanadi. Vazirlik jarayonning barcha jihatlari nazoratga olinganini va tegishli idoralar bilan hamkorlikda ish olib borilayotganini bildirgan.
Norasmiy maʼlumotlarga koʻra, uchuvchi halokatdan oldin samolyotni tark etib, parashyut bilan sakragan, biroq hayotini saqlab qolishning iloji boʻlmagan. Rasmiy idoralar tekshiruv yakunlarini kutishga chaqirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring