Turkiya va Isroil oʻrtasidagi dahanaki jang xronologiyasi
tr.al-ain.com
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon davlatning mudofaa yutuqlari va Isroilning Falastindagi siyosati haqida bayonot bergan edi. Prezidentga koʻra, Turkiya Isroilga Qorabogʻ va Liviyaga kirgani kabi kirishi mumkin.
Shundan keyin Isroil tashqi ishlar vaziri Isroil Katz Erdoʻgʻonga X ijtimoiy tarmogʻida javob qaytarib, Turkiya yetakchisi va Saddam Husayn suratini yonma-yon joylashtirgan.
“Erdoʻgʻon Saddam Husayn izidan borib, Isroilga hujum qilish bilan tahdid qilyapti. Shunchaki oʻsha vaqtda nima boʻlganini va hammasi nima bilan tugaganini eslasin”, degan Katz.
Isroilning bu chiqishlariga esa Turkiya Tashqi ishlar vaziri tarixni eslatgan holda javob qaytardi.
Vazir Xoqon Fidan butun tarix davomida genotsidning barcha aybdorlari va ularning hamrohlari bir xil qismatga duch kelganini taʼkidladi.
“Gitler genotsidi tugaganidek, Netanyaxuning genotsidi ham tugaydi. Falastinliklarni yoʻq qilishga uringanlar oʻz qilmishlari uchun javob beradi. Insoniyat falastinliklar tomonida boʻladi. Siz ularni yoʻq qila olmaysiz”, degan Turkiya tashqi ishlar vaziri.
Xabarlarga koʻra, Falastin rahbari Mahmud Abbos Turkiya parlamentida chiqish qilishi mumkin. Falastinning Anqaradagi elchisi Fayed Mustafoga koʻra, Mahmud Abbos Turkiya parlamenti raisidan taklif olgan va chiqish sanasi aniqlashtirilmoqda.
Turkiya oʻtgan yilning oktyabridan buyon Falastinni qoʻllab-quvvatlab keladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring