Turkiya terma jamoasi futbolchisi YTH oqibatida hayotdan koʻz yumdi
Foto: Global Look Press
Turkiyaning «Konyaspor» va milliy terma jamoasi himoyachisi Ahmet Chaliq yoʻl-transport hodisasi oqibatida hayotdan koʻz yumdi.
27 yoshli futbolchi 11-yanvar kuni Turkiya vaqti bilan ertalab soat 9 larda baxtsiz hodisaga uchradi. Chaliq boshqaruvni yoʻqotib, yoʻldan chiqib ketgan. Sportchi olgan jarohatlari tufayli vafot etgan. Yoʻl-transport hodisasi yuz bergan vaqtda futbolchi mashinada yolgʻiz boʻlgan. Holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tergov boshlagan.
Chaliq 2020-yilning kuzida «Galatasaroy»dan «Konyaspor»ga oʻtgandi. U Turkiya terma jamoasi libosida sakkizta oʻyin oʻtkazib, raqiblar darvozasiga bitta gol urgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring