Turkiya Rossiyani jiddiy xavfdan ogohlantirdi

14:31 20 Iyun 2024 Dunyo
538 0

Turkiya Rossiyaga Daish terrorchilari tomonidan rejalangan ikkinchi teraktning oldini olishga yordam beradigan muhim razvedka maʼlumotlarini taqdim etdi. Bu haqda “Daily Sabah” nashri turk matbuotiga tayanib xabar bermoqda.

Maʼlum boʻlishicha, Turkiya milliy razvedka tashkiloti Rossiyani Daishning Moskvadagi gavjum savdo markaziga hujum qilishni rejalashtirayotgani haqida ogohlantirgan.

Rossiyadagi “Crocus City Hall” konsert zalidagi uyushtirilgan terroristik hujumni Xuroson viloyati Daish (Daesh-K) amalga oshirganini tasdiqlagandi. Turkiya xavfsizlik manbalari Suriya va Iroqda magʻlubiyatga uchragan Daish-Kning bir qancha operatsiyalarini Afgʻoniston va Tojikistonga oʻtkazganini maʼlum qildi.

Hozirda turk kuchlari mamlakatdagi terror guruhlarining barcha aloqalarini fosh qilmoqda. Ushbu harakatlar natijasida Rossiyada uyushtirilishi mumkin boʻlgan ikkinchi terraktning old olingan.

Mart oyidagi terroristik harakatga javoban Rejep Tayyip Erdoʻgʻon Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Turkiyaning terrorizmga qarshi hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер