Turkiya Rossiya, Xitoy va Eron bilan ittifoq tuzishga chaqirildi

Illyustrativ foto
Rossiya, Xitoy, Turkiya va Eron oʻrtasidagi ittifoq ehtimoli boʻlib qolgan jahon urushining oldini olishi mumkin, aks holda AQSH “oʻzini boshqara olmay qoladi”. Bu fikrlarni Turkiyaning “Vatan” partiyasi yetakchisi Doʻgʻu Perinchek aytib oʻtdi.
Avvalroq Turkiya prezidentining yaqin safdoshi, Millatchi Harakat partiyasi yetakchisi Devlet Bahcheli AQSH va Isroilni oʻz ichiga olgan “yovuzlik koalitsiyasi”ga qarshi ogʻirlik sifatida Turkiya, Rossiya va Xitoy oʻrtasida strategik ittifoq tuzishni taklif qilgan edi. Bahcheli oʻz tashabbusini sharhlar ekan, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan uni batafsil koʻrib chiqishga hali ulgurmaganini taʼkidladi, biroq “hammasi yaxshi tomonga oʻzgarishiga” umid bildirdi.
Perinchekning fikricha, omon qolish uchun Turkiya “Osiyoda oʻz oʻrnini egallashi” kerak.
“Turkiya, Rossiya, Eron va Xitoyning birlashishi nafaqat mintaqaviy, balki global mojaroning oldini olishga qodir. Aks holda, «AQSH oʻzini boshqara olmay qolishi mumkin”, — dedi siyosatchi. Uning qoʻshimcha qilishicha, Yevroosiyo kursi Anqara uchun “zarurat”ga aylangan.
Siyosatchi, shuningdek, AQSH va Isroil Turkiyaga tahdid solayotganini taʼkidladi. Uning taʼkidlashicha, mamlakat oldida muhim tanlov turibdi va bu qarorga bir qancha omillar taʼsir koʻrsatmoqda.
Perinchekning fikricha, global tizimga integratsiyaga qaratilgan Gʻarb tomonidan oʻrnatilgan iqtisodiy dastur oʻz imkoniyatlarini tugatgan. Uning qoʻshimcha qilishicha, agar Turkiya oʻz mustaqilligi, birligi va hududiy yaxlitligini saqlamoqchi boʻlsa, “AQSH va Isroil tahdidlariga qarshi turishi kerak”.
“Turkiya Yevroosiyodagi oʻrnini belgilashi kerak boʻlgan darajaga yetdi, chunki bu uning mavjudligining sharti va oʻz kelajagi oldidagi masʼuliyatdir” — deydi siyosatchi.
“Vatan” Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk pozitsiyalarini qoʻllab-quvvatlovchi, Gʻarbga va AQSHga qarshi pozitsiyaga ega boʻlgan soʻl qanot turk partiyasidir. Partiya oʻzini 1919-yilda tashkil etilgan Sotsialistik ishchi va dehqon partiyasining vorisi deb hisoblaydi. U Turkiya parlamentida vakillik qilmasada, mintaqalarda taʼsirchan kuch boʻlib qolmoqda. Partiyaning 50 mingdan ortiq aʼzosi bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring