“Turkiy tilli davlatlar adabiyoti” 100 jildligi chop etiladi
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida Badiiy tarjima va xalqaro aloqalar boʻlimining “Turkiy adabiyot xazinasi” nomli asarlar majmuasini oʻzbek tilida tayyorlash va chop etishga bagʻishlangan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Adabiyotshunos, tilshunos, tarjimonlar ishtirokidagi muhokamada “Oʻzbekiston” nashriyoti direktori Umid Hayitov 2021-yilda loyihaning 25ta jildi nashrga tayyorlangani haqida aytib oʻtdi.
Uyushma raisi oʻrinbosari Gʻayrat Majidov kitoblarni nashrga tayyorlash uchun, eng avvalo, ishchi guruh tarkibini tuzish lozimligi, joriy yilda mazkur loyiha uchun rejalashtirilgan 75 ta jildni nashrga tayyorlash va belgilangan muddatda chop etish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring