Turizm qishlogʻiga borish endi osonlashadi
Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Davlatimiz rahbarining 2024-yil 5-dekabrdagi tegishli qarorida Shahrisabz tumanining Hisorak qishlogʻidan Gʻyelon qishlogʻiga olib boruvchi 21 kilometr uzunlikdagi yoʻlni uchinchi toifaga moslab qayta qurish boʻyicha vazifa belgilab berilgan edi.
Ayni paytda shu yoʻlning loyiha hujjatlari tasdiqlanib, qurilish ishlari boshlab yuborildi.

Gʻyelon qishlogʻi dengiz sathidan 2000 metrdan oshiq balandlikda joylashgan boʻlib, u oʻzining goʻzal tabiati, qishloq ahlining milliy anʼana va urf-odatlari, dehqonchilik madaniyati bilan mashhur.
Qishloqqa olib boruvchi yoʻlning uchinchi toifaga moslab qayta qurilishi esa yilning barcha fasllarida sayyohlarning bemalol kelishi uchun qulay shart-sharoit yaratadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring