Turizm eksportini 3-4 barobar oshirsak, jaydari qilib aytganda, “paxta ekmasak” ham bo‘laveradi — Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida kelgusi yetti yilda turizmni rivojlantirishga oid rejalar haqida to‘xtaldi.
“Turizm sohasida yaratilgan 1 ta yangi ish o‘rni, boshqa sohalarda yana 2 ta ish o‘rni paydo bo‘lishiga turtki beradi.
Ochiq aytadigan bo‘lsak, jazirama issiq va izg‘irin sovuqda, hammani paxtaga majburiy safarbar etgan yillarda ham, O‘zbekiston paxta tolasining eksporti 1 milliard dollardan oshmagan.
Hozirgi kunda turizm eksporti bu marradan oshib o‘tdi. Agar uni 3-4 barobar oshirsak, jaydari qilib aytganda, “paxta ekmasak” ham bo‘laveradi.
Shunga ko‘ra:
— barcha xalqaro aeroportlarda xorijiy turistlarga O‘zbekistonda sotib olgan mahsuloti uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarib berish yo‘lga qo‘yiladi;
— xorijdan turist olib kelgan tur-operatorlarga eksportchi korxonalar kabi, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘liq qaytarib beriladi;
— tur-operatorlar transportiga shahardagi turistik marshrut va ob’yektlarga borish uchun qulay harakatlanish sharoitlari ta’minlanadi;
— chet eldan olib kelingan turistik transport vositalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini 3 yil ichida foizsiz va bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi”, – dedi nomzod.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring