Tuman televideniyesi gʻolib boʻldi

18:13 08 Iyul 2019 Jamiyat
1238 0

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining qaroriga koʻra, shu yil 28-mart-30-aprel kunlari oʻtkazilgan “Harakatlar strategiyasi, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturini bajarishda NTTlarning faolligini qoʻllab-quvvatlash” mavzusidagi birinchi tanlovda Amudaryo tumani televideniyesi grant sohibi boʻldi.

- “Majburiy mehnat-inson huquqlariga ziddir” deb nomlangan loyihamiz 30 million soʻmlik grantga sazovor boʻlganidan xursandmiz, - deydi Amudaryo televideniyesi bosh muharriri Gʻulomjon Eshniyozov.-Mehnat migratsiyasi, majburiy mehnat va kamsitishlardan jabrlangan odamlarni huquqiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, bu boradagi targʻibot hamda reabilitatsiya ishlarini tizimli tarzda olib borishga asoslangan mazkur loyihaga koʻra, yaqin oʻn oy davomida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshiramiz. Xususan, “Huquqshunos minbari”, “Ishga marhamat!” singari yigirmadan ziyod koʻrsatuv va axborot dasturlari efirga uzatiladi.

Hidoyat AHMEDOV.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?