Tuhmat va haqorat qilganlik uchun javobgarlik endi faqat jabrlanuvchining arizasiga koʻra koʻrib chiqiladi

15:25 11 Iyul 2025 Jamiyat
227 0

Illyustrativ foto

Tuhmat, haqorat qilish kabi holatlar uchun javobgarlik belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Tegishli qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikni bekor qilishga qaratilgan ayrim oʻzgartirishlar kiritildi.

Endilikda avtomat telefonlarni shikastlantirganlik, ruxsatsiz radiouzatkich shoxobchasi oʻrnatish va (yoki) undan foydalanganlik uchun maʼmuriy javobgarlik bekor qilinadi.

Shu bilan bir qatorda, ayrim belgilangan maʼmuriy huquqbuzarliklar, jumladan, tuhmat, haqorat qilish jabrlanuvchining huquqbuzarni javobgarlikka tortish haqidagi arizasiga koʻra javobgarlikka sabab boʻlishi belgilandi.

Shunga qaramasdan, jabrlanuvchi nochor ahvolda boʻlganligi, voyaga yetmaganligi yoki boshqa sabablarga koʻra oʻz huquqlarini himoya qila olmasa, vakolatli organning mansabdor shaxsi jabrlanuvchining arizasisiz ish yuritishni boshlashi shart.

Taʼkidlash joiz, qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Avvalroq Toshkent shahrida iyun oyida tilanchilik bilan shugʻullanayotgan shaxslarga qarshi oʻtkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida 300 nafarga yaqin shaxslar aniqlanib, tegishli choralar koʻrilgani haqida xabar qilgandik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер