Transportda toʻxtash qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori kamaytirildi

13:33 30 Aprel 2021 Jamiyat
1108 0

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Havo kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, havo kemalarining aholi manzilgohlari ustidagi parvozi yerdagi odamlarning hayoti hamda sogʻligʻiga va (yoki) ularning mol-mulkiga xavf solmagan holda belgilangan yoʻnalishlar va uchish balandliklarida amalga oshiriladi.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartishga muvofiq, karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzganlik uchun jarima miqdori qatʼiy belgilandi.

Bunda fuqarolar uchun BHMning 20 baravari (ilgari 20 baravaridan 30 baravarigacha), mansabdor shaxslarga esa – 30 baravari (ilgari 30 baravaridan 50 baravarigacha) miqdorida jarima nazarda tutilgan.

Shuningdek, transportda toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori BHMning 2 baravari (ilgari 3 baravari) etib belgilandi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?