Transport vazirligida yongʻin xavfsizligini taʻminlash boʻyicha uchrashuv oʻtkazildi

14:21 05 Oktyabr 2023 Siyosat
370 0

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 - yil 5 - iyul kunidagi tegishli farmoyishiga muvofiq joriy yilning 10 - iyul kunidan 10 - avgust kuniga qadar respublikamiz hududida “Yongʻin xavfsizligini taʻminlash boʻyicha ”Dolzarb 30 kun" tadbirlari oʻtkazilmoqda. Shu munosabat bilan Transport vazirligi markaziy apparatida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari ishtirokida yongʻin xavfsizligini taʻminlash boʻyicha profilaktika tadbiri oʻtkazildi.

Uchrashuvda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlari, shuningdek, aholi turar joylarining yongʻin xavfsizligini taʻminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarini jadallashtirish va bu ishlarda fuqarolarning ishtirokini taʻminlash masalalariga toʻxtalib oʻtildi.

Uchrashuv davomida FVV mutasaddilari tomonidan yongʻin vujudga kelishi mumkin boʻlgan holatlarning oldini olish hamda texnika xavfsizligiga rioya etilishini taʻminlash boʻyicha tegishli yoʻriqnomalar oʻtkazildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер