“Trampdan qochayotgan amerikaliklar” — Buyuk Britaniya fuqaroligi uchun ariza topshirayotgan amerikaliklar soni keskin oshib bormoqda
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp hokimiyat tepasiga kelganidan beri rekord miqdordagi amerikaliklar Buyuk Britaniya fuqaroligini olish uchun ariza topshirgan. Bu haqda “Financial Times” nashri vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib yozmoqda.
“AQSHda Buyuk Britaniya fuqaroligini olish uchun arizalar soni Donald Tramp prezidentligining dastlabki bir necha oylarida rekord darajaga yetdi. Immigratsiya boʻyicha huquqshunoslar ham Buyuk Britaniyaga koʻchib oʻtish istagida boʻlgan amerikaliklar soni ortgani haqida xabar berishdi”, — deyiladi manbada.
Xususan, 2025-yilning dastlabki uch oyida 1930 nafardan ortiq AQSH fuqarosi ariza topshirgan, bu qayd etish boshlanganidan beri eng yuqori koʻrsatkich va oʻtgan chorakka nisbatan 12 foizga koʻpdir.
Nashr bilan suhbatlashgan immigratsiya boʻyicha huquqshunoslardan birining soʻzlariga koʻra, bunga “qoʻrquv, umidsizlik va moliyaviy xavfsizlik” sabab boʻlmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring