Tramp Vengriya bosh vazirini buyuk lider deb atadi
Foto: Orbán Viktor/X
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanni buyuk lider deb atadi.
“Kecha kechqurun Viktor Orban va uning goʻzal qizi Klarani Mar-a-Lagoda mehmon sifatida koʻrish men uchun sharaf edi. Viktor butun dunyoda hurmatga sazovor boʻlgan buyuk yetakchi”, — dedi Amerikaning sobiq rahbari.
Tramp, shuningdek, Orbanning qattiq immigratsiya siyosatini ham olqishladi. Uning soʻzlariga koʻra, shu tufayli Vengriya xavfsiz davlat boʻlib qolmoqda.
Avvalroq, Orban Tramp AQSH prezidenti etib qayta saylansa, Ukraina va Yaqin Sharqdagi mojarolar hal etilishini bashorat qilgan edi.
Tramp Orban bilan 8-mart, juma kuni Florida shtatidagi Mar-a-Lagodagi qarorgohida uchrashdi. Siyosatchilar qariyb bir soat suhbatlashdi. Muloqotda ularning eng yaqin xodimlari ham ishtirok etishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring