Tramp: Vashingtondan soʻng Nyu-York va Chikagoda tartib oʻrnataman
AQSH prezidenti Donald Tramp Vashingtondagi vaziyatni nazoratga olgandan keyin Nyu-York va Chikagoda ham tartib oʻrnatish niyatida ekanini maʼlum qildi. Bu haqda Fox News xabar berdi.
Trampning aytishicha, Vashingtondagi qotilliklar darajasi Kolumbiyaning Bogota va Meksika poytaxti Mexikodagidan yuqori. Respublikachilar yetakchisi bu holatni tuzatishni maqsad qilgan.
— Keyin Nyu-Yorkka nazar tashlayman. Agar zarur boʻlsa, Chikagoda ham xuddi shunday chora koʻramiz. U yerdagi vaziyat mutlaqo halokatli, mer esa butunlay noqobil, — dedi Tramp.
Uning fikricha, mamlakatda “jiddiy jamoat xavfsizligi inqirozi” yuz bergan va buning sababi mahalliy hokimiyatlarning notoʻgʻri boshqaruvi bilan bogʻliq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring