Tramp va Zelenskiy Floridada uchrashdi: tinchlik kelishuvi 95 foizga yaqin, ammo hudud masalasi ochiq qolmoqda
Florida shtatining Palm-Bich shahrida AQSH prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Mar-a-Lago qarorgohida tashkil etilgan muzokaralarda Rossiya–Ukraina urushiga barham berish boʻyicha ehtimoliy tinchlik kelishuvi muhokama qilindi. Tomonlar uchrashuvni ijobiy baholadi: Tramp uni “ajoyib”, Zelenskiy esa “juda yaxshi” deya taʼrifladi.
Bu Zelenskiyning joriy yilda Tramp bilan uchinchi uchrashuvi boʻldi. AQSH prezidenti kelishuv yaqin ekanini taʼkidlab, asosiy masalalar boʻyicha taxminan 95 foiz kelishuvga erishilganini, ammo muzokaralar hali ham murakkab ekanini bildirdi. Unga koʻra, ayrim “qaltic” masalalar butun jarayonni toʻxtatib qoʻyishi mumkin.
Eng ogʻir masala sifatida Donbass hududi tilga olindi. Rossiya ushbu mintaqani Ukrainadan talab qilayotgani sababli u hal etilmagan muammo boʻlib qolmoqda. AQSH tomoni Donbassning ayrim qismlarida “erkin iqtisodiy zona” tashkil etish gʻoyasini taklif qilgan, ammo bu taklifning tafsilotlari ochiqlanmadi.
Vladimir Zelenskiy esa hudud masalasi eng qiyin ekanini taʼkidladi. U Ukraina hech qachon yerlardan osonlik bilan voz kechmasligini bildirdi. Zelenskiyga koʻra, bunday qarorlar faqat xalq irodasi orqali, jumladan, referendum yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin. Ukraina Konstitutsiyasiga binoan, hududiy masalalar parlamentning oddiy ovoz berishi bilan hal etilmaydi.
Shu bilan birga, Zelenskiy tinchlik rejasining boshqa yoʻnalishlarida sezilarli ilgarilash borligini bildirdi. Uning aytishicha, umumiy rejaning 90 foizi boʻyicha kelishuv mavjud, ayniqsa xavfsizlik kafolatlari va harbiy masalalarda Ukraina va AQSH pozitsiyalari toʻliq mos keladi. Tomonlar 20 banddan iborat tinchlik rejasining barcha jihatlarini muhokama qilgan.
Uchrashuv doirasida Tramp va Zelenskiy bir qator Yevropa davlatlari rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatda Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Polsha, Norvegiya yetakchilari, shuningdek NATO Bosh kotibi va Yevropa komissiyasi prezidenti ishtirok etdi. Yevropa rahbarlari urushni tugatish boʻyicha aniq qadamlar muhokama qilinganini va muzokaralarda ijobiy siljish borligini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring