Tramp va Netanyaxu HAMASga ultimatum qoʻyishni rejalashtirmoqda

11:09 05 Avgust 2025 Dunyo
207 0

Foto: Reuters

AQSH prezidenti Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Falastinning HAMAS harakatiga qarshi yangi ultimatum qoʻyishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, agar HAMAS qoʻyilgan talablarni bajarmasa, Isroil Gʻazo sektorida harbiy operatsiyalar koʻlamini kengaytiradi.

Isroil tomoni HAMASdan quyidagilarni talab qilmoqda:

— hali ham garovda qolayotgan kamida 20 kishini zudlik bilan ozod qilish;

— evaziga Isroilda saqlanayotgan falastinlik mahbuslarni ozod etish;

— shuningdek, 30 nafar halok boʻlgan garovdagilarning jasadlarini topshirish;

— HAMAS qurolni tashlab, qurolli qarshilikdan butunlay voz kechishini eʼlon qilishi.

Avvalroq HAMAS vakili Mahmud Mardavi harakat hech qanday holatda qurolni tashlamasligini bildirgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Isroil va HAMAS oʻrtasidagi harbiy toʻqnashuvlar 2023-yil oktyabr oyida boshlangan, buning ortidan minglab insonlar halok boʻlgan va Gʻazo sektorida ogʻir gumanitar inqiroz yuzaga kelgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?