Tramp “Tinchlik kengashi”dagi oʻrinlarni pullamoqchi — BILD

09:57 19 Yanvar 2026 Dunyo
246 0

AQSH prezidenti Donald Tramp bir qator mamlakatlar rahbarlariga yangi “Tinchlik kengashi”ga qoʻshilish boʻyicha taklif bilan chiqdi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.

Qoʻshma Shtatlar rahbarining fikricha, ushbu tuzilma Gʻazo sektori taqdiriga doir qarorlarni qabul qilishda muhim oʻrin tutadi. “Bloomberg” va “The Atlantic” nashrlarining maʼlum qilishicha, shaxsan Tramp raisligidagi mazkur kengashga aʼzo boʻlish istagida boʻlgan davlatlar bir milliard dollardan ortiq naqd mablagʻ toʻlashi lozim boʻladi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu kengashga aʼzolik odatda uch yil muddatga beriladi. Biroq kengashning ilk yilida bir milliard dollardan ortiq badal toʻlagan mamlakatlar uchun bu cheklov qoʻllanilmaydi. Shu bilan birga, Tramp asosiy vakolatlarga ega boʻlib, kengash aʼzoligiga kimni taklif qilishni shaxsan hal qiladi va qabul qilinadigan barcha qarorlar boʻyicha veto qoʻyish huquqiga ega boʻladi.

Xabarlarga koʻra, boʻlajak aʼzolar orasida Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler, AQSH davlat kotibi Marko Rubio, Trampning kuyovi Jared Kushner hamda AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff oʻrin olgan. Kengash, xususan, Trampning Gʻazo sektori kelajagiga oid rejasini amalga oshirish bilan shugʻullanishi kutilmoqda.

Oq uy “Tinchlik kengashi”ga qoʻshilish boʻyicha toʻlov undirilishi haqidagi xabarlarni rad etib, bu xabarlar “chalgʻituvchi” ekani, gap faqat tinchlik va xavfsizlikka chin dildan sodiq mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlik haqida ketayotgani taʼkidlagan. Shuningdek, ayrim tahlilchilar yangi tuzilma kelgusida BMT Xavfsizlik Kengashiga raqobatchi yoki hatto uning muqobiliga aylanishi mumkinligini istisno qilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер