Tramp Si Szinpinni oʻzining inauguratsiya marosimiga taklif qildi

16:00 12 Dekabr 2024 Dunyo
370 0

Arxiv foto

AQSH prezidentligi saylovida gʻalaba qozongan Donald Tramp Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinga 2025-yilning 20-yanvar kuni boʻlib oʻtadigan oʻzining inauguratsiya marosimiga taklifnoma yuborgan. Bu haqda “CBS News” telekanali xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, boʻlajak prezident jamoasi marosimga boshqa xorijlik mehmonlarni ham taklif etish niyatida.

“Saylangan prezident Donald Tramp Xitoy rahbari Si Szinpinni kelasi oy oʻtkaziladigan inauguratsiya marosimida ishtirok etishga taklif qildi”, — deyiladi xabarda.

Tramp avvalroq inauguratsiya marosimi uchun qoʻmita tuzgan edi. Unga uzoq yillik doʻstlari va tarafdorlari, investor Stiv Vitkoff va senator Kelli Loeffler rahbarlik qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?