Tramp qarori natijasida jahon miqyosida oltin narxi koʻtarildi
AQSH prezidenti Donald Trampning qarori bilan avtomobil importiga joriy etilgan bojxona toʻlovlaridan soʻng iyun oyidagi oltin fyucherslarining narxi 3,1 ming dollardan yuqoriga koʻtarildi. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, shu yilning boshidan buyon qimmatbaho metallning narxi kamida 15-marta rekordini yangiladi. Bunga sabab qilib esa Tramp maʼmuriyati amalga oshirayotgan siyosiy keskin burilishlar koʻrsatilmoqda.
Nashrga koʻra, aksariyat sarmoyadorlar Trampning bojlar yuzasidan olib borayotgan siyosatini iqtisodiyotga jiddiy muammo sifatida qaraydi. Yuqori bojlar tufayli tovarlar narxi keskin oshib ketadi.
Bundan tashqari, Qoʻshma Shtatlar prezidenti boshqa tariflarni ham qayta koʻrib chiqishini vaʼda berib, Kanada, Meksika va Yevropaga yanada qattiqroq cheklovlar bilan tahdid qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring