Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qildi

Arxiv foto
AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron bilan muzokaralarni davom ettirish maqsadida Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qilgan. Bu haqda Oq uy rasmiylariga tayanib, “The New York Times” xabar bermoqda.
“Isroil kelasi oyning boshidayoq Eron yadroviy inshootlariga zarba berishni rejalashtirgan edi. Biroq prezident Tramp soʻnggi haftalarda bu gʻoyani rad etib, yadroviy dasturini cheklash boʻyicha Tehron bilan muzokaralar oʻtkazish tarafdori boʻldi”, deyiladi maqolada.
Nashrning taʼkidlashicha, Tramp bu qarorni Oq uydagi diplomatiyani davom ettirish yoki Isroilni Eron yadroviy bomba yaratishning oldini olishga urinishlarida qoʻllab-quvvatlash borasidagi bir necha oylik ichki munozaralardan soʻng qabul qilgan. Qayd etilishicha, Eron muzokaralarga tayyorligini maʼlum qilgani sababli, harbiy harakatlarga qarshi “konsensus”ga erishilgan.
Qayd etilishicha, Isroilning Eron yadroviy inshootlariga hujumi may oyiga moʻljallangan edi. Tel-Aviv bu orqali Tehronning yadro qurolini yaratish qobiliyatini bir yil yoki undan koʻproqqa kechiktirmoqchi edi.
“Deyarli barcha rejalar nafaqat Isroilni Eronning qasos olishidan himoya qilish, balki Isroil hujumining muvaffaqiyatini taʼminlash uchun ham AQSH yordamini talab qiladi. Bu esa AQSHni hujumning markaziy qismiga aylantiradi. Ammo hozircha Tramp harbiy harakatlardan koʻra diplomatiyani tanladi”, deb yozmoqda gazeta.
Avvalroq, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi Tehron Vashington bilan boʻlajak kelishuvni muhokama qilishni boshlashga tayyorligini maʼlum qilgandi. Ammo, uning aytishicha, AQSH konstruktiv pozitsiyani egallashi va Eron yadro dasturini butunlay yoʻq qilish talabidan voz kechishi kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring