“Tramp Yevropani tuzoqqa ilintirdi” — Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq xodimi

10:57 14 Mart 2025 Dunyo
248 0

Foto: Reuters

AQSH prezidenti Donald Tramp Yevropani Jiddadagi muzokaralardan soʻng oʻt ochishni toʻxtatish gʻoyasini qoʻllab-quvvatlashga majburlab, uni tuzoqqa ilintirdi. Bu fikrlarni Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq xodimi Skott Ritter aytib oʻtdi.

“Amerika Qoʻshma Shtatlarining barcha qilgani — Yevropani tuzoqqa ilintirish. Ular shunday qilishdi. Donald Tramp Yevropani ortda qoldirdi, chunki ular endi urushga emas, balki oʻt ochishni toʻxtatishga qaror qilishdi”, — dedi Ritter.

Ritterning soʻzlariga koʻra, Rossiyaning hozir qiyin ahvolga tushib qolgani, taklif qilingan shartlarga rozi boʻlishga majbur boʻlgani haqidagi gaplar shunchaki asossiz.

“Rossiyani ortda qoldira olmaysiz! Deyarli abadiy shu muhitda boʻlgan Sergey Lavrov ismli odamdan qanday qilib oʻzib ketishingiz mumkin? Bu ruslar (Sergey Lavrov va Vladimir Putin. — Tahr.) koʻproq tayyor, ular koʻproq bilishadi: oʻzlari haqida, dunyo haqida, hamma narsa haqida!” — deya ishonch bildirmoqda ekspert.

Seshanba kuni Saudiya Arabistonida AQSH va Ukraina delegatsiyalarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning idorasi Kiyev va Vashingtonning muzokaralar yakunlari boʻyicha qoʻshma bayonotini eʼlon qildi. Unda Kiyev AQSHning tomonlar kelishuvi bilan uzaytirilishi mumkin boʻlgan 30 kunlik oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi taklifiga tayyorligi taʼkidlanadi. Hujjatda, shuningdek, AQSH razvedka maʼlumotlarini almashishdagi tanaffusni zudlik bilan bekor qilishi va Ukrainaga harbiy yuk yetkazib berishni davom ettirishi aytiladi.

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov AQSH va Ukraina vakillarining Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan uchrashuvida kelishilgan 30 kunlik oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha taklif Rossiya manfaatlarini hisobga olgan holda yakunlanishi kerakligini aytdi.

Vladimir Putin, oʻz navbatida, oʻt ochishni toʻxtatish gʻoyasini umuman qoʻllab-quvvatlashini, biroq ikki tomonning sinchiklab oʻrganishini talab qiladigan qator masalalar borligini taʼkidladi. Shu bilan birga, Rossiya rahbari Donald Tramp bilan oʻt ochishni toʻxtatish gʻoyasini muhokama qilishni istisno etmadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер