Tramp Eronga Hoʻrmuz boʻgʻozini ochish uchun ikki kun muhlat berdi
AQSH prezidenti Donald Tramp Eronni Hoʻrmuz boʻgʻozini qisqa muddat ichida ochishga chaqirdi va aks holda keskin choralar koʻrilishi mumkinligini maʼlum qildi.
Oq uy rahbari oʻz bayonotida agar Eron 48 soat ichida boʻgʻozni toʻliq va xavfsiz holatda ochmasa, AQSH mamlakatdagi muhim infratuzilma obyektlariga, jumladan elektr stansiyalariga zarba berilishini taʼkidladi.
Maʼlumot uchun, mojaro boshlanishidan oldin Yaqin Sharqdan dengiz orqali eksport qilinadigan neftning qariyb 20 foizi aynan Hoʻrmuz boʻgʻozi orqali oʻtgan. Yaqin Sharqdagi keskinlikning ortishi oqibatida global energiya bozoriga jiddiy taʼsir koʻrsatib, narxlarning keskin oshishiga sabab boʻlgan.
Vaziyatni yumshatish maqsadida Xalqaro energetika agentligi zaxiradagi qariyb 400 million barrel neftni bozorga chiqarishga majbur boʻlgan. Shuningdek, AQSH vaqtincha dengizda saqlanayotgan Rossiya va Eron neftiga nisbatan ayrim sanksiyalarni yumshatgan. Hozircha rasmiy Tehron Trampning ushbu tahdidiga rasmiy javob bermagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring