Tramp: “Eron 4 hafta ichida yadro quroliga ega boʻlishi mumkin edi”

12:59 20 Avgust 2025 Dunyo
76 0

Foto: Erin Schaff / Getty Images

AQSH prezidenti Donald Trampning taʼkidlashicha, Tehronga nisbatan amalga oshirilgan havo hujumlari boʻlmaganida, Eron 4 hafta ichida yadro quroli ishlab chiqishi va undan foydalanishi mumkin edi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Aslida, ular 4 hafta ichida yadro quroliga ega boʻlishlari mumkin edi. Va ular undan foydalanishardi ham”, — dedi Tramp jurnalist Mark Levinga bergan intervyusida.

Shu bilan birga, u oʻzini va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni “urush qahramonlari” deb atadi.

“U urush qahramoni, chunki biz birga ishlayapmiz. U qahramon. Oʻylaymanki, men ham. Hech kimga qiziq emas, ammo men ham. Axir, ana oʻsha samolyotlarni men yuborganman”, — dedi AQSH prezidenti.

Eslatib oʻtamiz, 13-iyunga oʻtar kechasi Isroil Eronning yadroviy va raketa dasturlariga qarshi harbiy amaliyot boshlagandi. Oradan bir sutka oʻtmasdan Eron javob hujumi uyushtirdi.

Toʻqqiz kundan soʻng esa AQSH Isfahon, Natanz va Fordo shaxarlaridagi Eron yadro obyektlariga zarba berdi. Bunga javoban Eron Qatarda joylashgan, Yaqin Sharqdagi eng yirik AQSH harbiy bazasi — “Al-Udeyd”ga hujum qildi.

Keyinchalik Isroil va Eron oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisida kelishib oldi. Rejim 24-iyundan kuchga kirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер