Tramp Buyuk Britaniyaga noqonuniy migrantlarga qarshi armiya jalb qilishni maslahat berdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniya hukumatiga noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda armiya kuchlarini jalb qilish masalasini koʻrib chiqishni taklif qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
— Bizda millionlab odamlar hech qanday nazoratsiz, tekshirilmasdan chegaradan oʻtib keldi. Bunga sabab — Bayden administratsiyasi. Ammo soʻnggi uch oy ichida birorta ham kishi noqonuniy ravishda mamlakatimizga kira olmadi, — dedi Tramp Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan oʻtkazilgan matbuot anjumanida.
AQSH rahbarining taʼkidlashicha, Buyuk Britaniya qirgʻoqlariga La-Mansh boʻgʻozi orqali qayiqda yetib kelayotgan migrantlar oqimini u darhol toʻxtatgan boʻlardi.
— Bu qanday usulda amalga oshirilishi muhim emas: armiya jalb qilasizmi yoki boshqa choralarni qoʻllaysizmi? Muhimi, noqonuniy migratsiya mamlakatlarni ichidan yemiradi, — dedi Tramp.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring