Tramp Beyonse, Opra Uinfri va El Sharptonni noqonuniy toʻlovlarda aybladi

Foto: “New York Post”
AQSh prezidenti Donald Tramp 2024-yilgi saylov kampaniyasi doirasida sobiq vitse-prezident Kamala Xarrisning gʻalabasiga hissa qoʻshgan mashhur shaxslar — Beyonse, Opra Uinfri va El Sharptonni javobgarlikka tortishni talab qildi. Bu haqda u oʻzining “Truth Social” sahifasida yozib qoldirdi.
Trampning fikriga koʻra, yuqorida nomi keltirilgan mashhurlarga Xarrisning saylovoldi kampaniyasi tomonidan ularning qoʻllab-quvvatlovi uchun katta miqdordagi mablagʻlar noqonuniy toʻlangan.
“Prezidentlik saylovidan keyin demokratlar tomonidan toʻlangan katta mablagʻlarga eʼtibor qaratyapman. Bu kulgili toʻlovlar hujjatlarda notoʻgʻri koʻrsatilgan. Qoʻllab-quvvatlash uchun haq toʻlashga ruxsat yoʻq. Bu qonunga zid! Agar siyosatchi odamlar uni qoʻllab-quvvatlashi uchun pul toʻlay boshlasa, barcha narsa izdan chiqib ketadi”, deb yozgan AQSh prezident.
Tramp oʻz bayonotida aniq raqamlarni ham keltirgan, biroq ular qayerdan olingani hozircha nomaʼlum.
Uning iddaosiga koʻra:
- Beyonsega 11 million dollar toʻlangan (u sahnada hatto bitta qoʻshiq ham ijro etmagan va tomoshabinlarning noroziligi ostida ketgan);
- Opra Uinfriga “xarajatlar” uchun 3 million dollar;
- El Sharptonga esa 600 ming dollar berilgan, Tramp shuningdek, uni “reytingi past TV olib boruvchisi” va “jiddiy yetuklikdan yiroq shaxs” sifatida baholagan.
Maʼlumotlarga koʻra, ushbu uch mashhur shaxs avval ham demokratlar nomzodlarini omma oldida ochiq qoʻllab-quvvatlab kelgan.
Tramp bu kabi mablagʻlar boshqa shaxslarga ham toʻlanganini taʼkidlagan. Kamala Xarris shtabi esa ayblovlarni rad etib, barcha toʻlovlar qonuniy shartnomalar asosida amalga oshirilganini maʼlum qilgan.
Rasmiy hujjatlar nimani koʻrsatmoqda?
Federal saylov komissiyasi yozuvlarida keltirilishicha, Xarris kampaniyasi Beyonsening prodyuserlik kompaniyasiga 165 ming dollar toʻlagan. Bu toʻlov “saylov tadbiri ishlab chiqarish xarajati” sifatida rasmiylashtirilgan.
Xarris shtabining bayonotiga koʻra, ular hech qachon mashhur shaxslarga qoʻllab-quvvatlashi uchun pul toʻlamagan, ammo ularning ishtirokiga bogʻliq logistika va xizmat xarajatlarini qoplashga qonuniy majburiyatga ega boʻlgan.
Trampning ushbu daʼvosiga javoban CNN Oq uyga izoh soʻrab murojaat qilgandi. Ammo rasmiy javob qaytarilmagan.
Bundan tashqari, “FactCheck.org” va “PolitiFact” kabi mashhur fakt tekshiruv platformalari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “11 million dollar” haqidagi vajlarni notoʻgʻri deb tasdiqladi.
Beyonsening onasi Tina Noulz ham Instagram sahifasida bu daʼvoni “yolgʻon” deb atagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring