Tramp avtoritar rahbarlarga xayrixoh boʻlgan — Jon Kelli
Foto: AP
Donald Tramp davrida eng uzoq vaqt xizmat qilgan Oq uy apparati rahbari general Jon Kelli sobiq prezidentning natsistlar yetakchisi Adolf Gitler haqida ijobiy gaplariga guvoh boʻlganini aytdi.
Kelliga koʻra, Tramp Gitlerning yaxshi ishlar qilganini eʼtirof etgan. Amerika Qoʻshma Shtatlarida saylovlar yakuniy pallaga kirar ekan, vitse-prezident Kamala Harrisning saylovoldi kampaniyasi respublikachi nomzodning “fashist” ekani haqida koʻproq gapira boshladi. Uning aytishicha, bu Trampning kim ekanligini koʻrsatuvchi oynadir. Shuningdek, Kelli Tramp avtoritar rahbarlarga qoyil qolishini va hukumatga diktator yondashuvini afzal koʻrishini maʼlum qilgan.
Sobiq dengiz piyoda generali Kelli 2017-yilda Tramp prezidentligining birinchi oylarida Oq uy apparati rahbari boʻlgunga qadar ichki xavfsizlik boʻyicha kotib boʻlib ishlagan.
“The Atlantic” jurnali esa ikki nomaʼlum manbaga tayanib, Tramp Oq uyda Gitlerdek generallarga muhtojligini aytganini xabar qildi.
“Donald Tramp tobora kuchsiz va beqaror boʻlib bormoqda. Demak, xulosa shuki, biz u nimani xohlashini bilamiz. U nazoratsiz kuchni istaydi. Bir necha kunlardan keyin esa Amerika xalqi nimani xohlashini bilib olamiz”, — degan Harris chorshanba kuni Oq uy oldida jurnalistlarga.
Ijtimoiy tarmoqlarda Harrisning kampaniyasi Kelli va “The Atlantic” tomonidan bildirilgan daʼvolarni kuchaytiruvchi bir nechta postlarni eʼlon qilgan. Trampning saylovoldi tashviqoti sobiq prezidentning bu gaplarni aytganini inkor etdi.
Kelli Oq uyda xizmat qilgan vaqtida Trampning eng ziddiyatli siyosatlarini, jumladan, musulmonlar koʻp boʻlgan bir qancha mamlakatlardan sayohatchilarni qabul qilishni taqiqlovchi farmonni himoya qilgan. Kelli bu taqiq qonuniy va milliy xavfsizlik uchun zarur ekanligini taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring