Tramp AQSHni 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqarish haqida qaror qabul qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Qoʻshma Shtatlarni 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqarish toʻgʻrisida memorandumni imzoladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur tashkilotlarning 31 tasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimiga kiruvchi tuzilmalar hisoblanadi, biroq ularning toʻliq roʻyxati eʼlon qilinmagan. Oq uyda taʼkidlanishicha, ushbu tashkilotlar “endi Amerika manfaatlariga xizmat qilmaydi”.
Qayd etilishicha, qaror AQSH aʼzo boʻlgan yoki moliyalashtirayotgan barcha xalqaro tashkilotlar, konvensiyalar va shartnomalarni toʻliq qayta koʻrib chiqish natijasida qabul qilingan. Maxsus eʼtibor qaratilgan koʻplab tuzilmalar AQSH suvereniteti va iqtisodiy qudratiga zid boʻlgan “radikal iqlim siyosati, global boshqaruv va mafkuraviy dasturlar”ni ilgari surayotgani taʼkidlangan.
Avvalroq Donald Tramp AQSHni quyidagi xalqaro tuzilmalar va kelishuvlardan chiqarish boʻyicha farmonlar imzolagan edi:
— Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti;
— Parij iqlim kelishuvi;
— BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi.
Shuningdek, u BMTning Falastin qochqinlariga yordam agentligini moliyalashtirishni taqiqlagan.
Bundan tashqari, AQSH 2026-yil 31-dekabriga qadar YUNESKOdan chiqishni rejalashtirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring